Milliy terma jamoa Toshkentda yig'in boshladi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2013, 13:20
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentda mashg'ulotlarga kirishdi.
Milliy terma jamoa Toshkentdagi ikki kunlik mashg'ulotlardan so'ng 4 iyun kuni Xitoyga uchib ketadi. Xabaringiz bor, Qosimov shogirdlari 6 iyun kuni Xitoyning Xaxxot shahrida Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi o'rtqolik o'yinini o'tkazadi. Xitoyga qarshi uchrashuvdan so'ng Qosimov shogirdlari JCH-2014 saralashi 9 turidan o'rin olgan uchrashuvda 11 iyun kuni safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvda ishtirok etish uchun 8 iyun kuni Xitoydan Janubiy Koreya poytaxti Seulga yo'l oladi.

Ayni paytda milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibidan o'rin olgan futbolchilar terma jamoa ihtiyoriga kelib qo'shilmoqdalar. Mirjalol Qosimov Xitoy, Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilarning yakuniy tarkibini Xitoyga jo'nab ketish oldidan, yani 4 iyun kuni e'lon qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com