

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Bastian Shvaynshtaygerning xizmatlaridan foydalanmoqchi emasligi oydinlashgandi. Shvaynshtayger esa o'yin amaliyotsiz qolib ketayotganidan norozi. "Milan" klubi qishda Shvaynshtayger borasida "Manchester Yunayted"ga taklif bilan chiqmoqchi.
Shuningdek, Shvaynshtaygerga Germaniyaning "Volfsburg" va "RB Leyptsig" klublari ham qiziqishmoqda.



