Milan Shkrinyar qishdayoq PSJdan ketishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
10 okt 2024, 13:50
Milan Shkrinyar PSJda o'zi istaganchalik o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani va yanvardayoq klubdan ketishi mumkinligini ma'lum qildi.

Himoyachi o'zini ko'proq o'ynashga loyiq deb biladi va buning uchun zarur bo'lsa, boshqa jamoaga ko'chib o'tishga ham tayyor. 

"Yuventus" Milanni o'z safiga qo'shib olishga qarshi emas, faqatgina buning uchun PSJ o'yinchini qo'yib yuborishga rozi bo'lishi talab qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо