"Milan" Reynaning o'rniga boshqa darvozabon topdi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020
"Bornmut" posboni Asmir Begovich faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.

"Rossoneri"lar 32 yoshli bosniyalikni ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi. U "Aston Villa"ga o'tadigan Pepe Reynaning o'rnini egallaydi.

Bugun Begovich shartnoma imzolanish arafasida o'tadigan tibbiy ko'rikdan o'tali.

O'tgan yilning sentyabridan buyon Begovich "Qorabog'" tarkibida ijarada o'ynayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express