"Milan "Real" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
12 fev 2022, 16:52
"Milan"da ijara asosida o'ynayotgan xavbek Braim Dias italyan jamoasida to'laqonli asosda qolishi mumkin.

"Rossonerilar" futbolchini Madridning "Real" klubidan xarid qilishni rejalashtirishmoqda. Ijara bitimi 2022/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallanadi.

22 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Italiya chempionati doirasida 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

"Milan" hozirda A Seriyada 24 turdan so'ng yetakchi "Inter"dan 1 ochko kam to'plagan holda, uchinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport