"Milan" "Real" futbolchisini sotib oladi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2024
"Milan" "Real" bilan yosh futbolchini sotib olish borasida kelishib oldi.

"Rossoneri" ushbu mavsum oldidan Alexandro Ximenesni 5 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgandi.

Ayni damda "Milan" narxni tushirishga harakat qilmoqda. O'z navbatida, "Real" o'z tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish huquqini saqlab qolishga intilmoqda.

Alexandro "Milan"ning asosiy jamoasi tarkibida 5 o'yinda qatnashib, 1 sariq kartochka oldi. Yoshlar jamoasi tarkibida esa 17 o'yinda 2 ta assist qayd etdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio