"Milan" Lorenteni taklif qilishi mumkin

Alisher
20 dek 2020, 18:40
"Napoli" hujumchisi Fernando Lorente "Milan" short-listiga tushib qoldi.

"Qizil-qoralar" tez-tez jarohat oladigan Zlatan Ibragimovichni almashtira oladigan futbolchini qidirishmoqda.

Forvardning amaldagi shartnomasi kelasi yozga qadar mo'ljallangan. Oldinroq uning qishda ijara asosida "Sampdoriya"ga o'tishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Lorente joriy mavsum Italiya chempionati doirasida maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato