"Milan" Kessening sotilish narxini ma'lum qildi

Alisher
18 mar 2021, 11:22
"Milan" xavbeki Frank Kesse yozda klubdan ketishi mumkin.

"Rossonerilar" 24 yoshli ivuarlik futbolchi bilan xayrlashmoqchi va unga hattoki narx ham belgilashdi. Kesse ehtimoliy xaridorga 50 mln evroga tushadi.

Xabarlarga ko'ra, "Napoli", "Monako" va "Vulverxempton" klublari o'yinchi uchun kurashmoqda.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato