"Milan" YCHLga chiqa olmasa, Teo jamoadan ketmoqchi

Mirjalol Normatov
2 apr 2023, 14:58
Agarda "Milan" YCHLga yo'llanma ololmasa himoyachi Teo Ernandes yozda jamoadan ketishi mumkin.

25 yoshli fransiyalik futbolchi ushbu mavsum oldidan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirgandi. Ammo aytilishicha, ayni damda Ernandes uchun APL klubi 75-80 mln evro atrofidagi summa taklif qilmoqda. Agarda bu taklif o'z kuchida qolsa, "Milan" vice-sardori yozda ligasini o'zgartirishi mumkin.

"Eurosport" xabariga ko'ra, "Milan" sport direktorlari Paolo Maldini va Frederik Massara Teoning o'rniga "Empoli"ning 22 yoshli futbolchisi Fabiano Parizi hamda "Benfika"ning 27 yoshli himoyachisi Aleks Grimaldo nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Ernandes ushbu mavsum A Seriyaning 23 o'yinida qatnashib, 3tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Eurosport