"Metallurg"ning "Sibir"ga qarshi o'yindagi tarkibi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2014
Kecha Bekobodning "Metallurg" klubi Turkiya yig'ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Rossiyaning "Sibir" klubiga qarshi kechgan bahsda Rustam Mirsodiqov shogirdlari 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Yagona golni Mirg'iyos Sulaymonov urgani haqida xabar berdik.

Quyida ushbu o'yinda "Metallurg" safida maydonga tushgan futbolchilar bilan tanishib oling:

"Metallurg": Suhrobjon Sultonov, Hikmat Hoshimov, Davron Karimqulov, Aleksandr Kovalev, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Murod Toshmatov, Shoxnazor Norbekov, Alisher Ziyovuddinov, Sunnatilla Mamadaliev, Shahzodbek Nurmatov.
Zaxiradan tushganlar: Sardor Soibov, Mirto'ra Akbarov, Murod To'ychiboev, Mirg'iyos Sulaymonov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia