Unga ko'ra ikkinchi davradan e'tiboran bekobodliklar tarkibida olti nafar yangi o'yinchi to'p suradigan bo'ldi. Yangi o'yinchilardan ikki nafari bekobodliklar uchun begona emas. Hujumchi Zohid Abdullaev (fotoda) uzoq yillar “Metallurg” sharafini himoya etgan, jamoaning to'purar hujumchilaridan biri bo'lgan. Shuningdek, iqtidorli yarim himoyachi Javlon Mirabdullaev ham bekobod futboli tarbiyalanuvchisi. Avvaliga “Andijon”da, keyin “Bunyodkor”da o'ynagan Javlon Mirabdullaev 2014 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini “Metallurg” tarkibida o'tkazadi.
Zohid Abdullaevdan tashqari Farg'onaning “Neftchi” jamoasidan bekobodliklar safiga yarim himoyachi Maruf Murodov ham kelib qo'shildi. Viloyat birinchiligida o'ynagan Azizxon Ibragimov ham “Metallurg”ning asosiy tarkib o'yinchilaridan biriga aylanish uchun harakat qiladi. Tarkib yana ikki nafar yosh o'yinchilar bilan boyidi. Sunnat Ermatov Toshkent temiryo'lchilari tarkibidan “Metallurg”ga kelib qo'shilgan bo'lsa, Doniyor Jo'raev klubning bolalar va o'smirlar olimpiya zahiralari sport maktabi tarbiyalanuvchisidir.
O'z navbatida “Metallurg” 6 nafar o'yinchi bilan xayrlashdi. Bular Sardorbek Soibov, Murod To'ychiboev, Konstantin Petrov, Benumi Abdunabiev, Mansurbek Maxsudov va Ravshanbek Yagudin.
Quyida “Metallurg” tarkibiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar haqida batafsil ma'lumot berilmoqda:

Ismi sharifi | Tug'ilgan yili | Ampluasi | Raqami | Qaysi jamoadan |
Zohid Abdullaev | 25.05.1984 | Hujumchi | 55 | “Neftchi” |
Maruf Murodov | 11.03.1990 | Yarim himoyachi | 66 | “Neftchi” |
Azizxon Ibragimov | 08.05.1986 | Yarim himoyachi | 46 | “Neftchi-Tinchlik” |
Javlon Mirabdullaev | 19.03.1994 | Himoyachi | 88 | “Bunyodkor” |
Sunnat Ermatov | 17.06.1995 | Yarim himoyachi | 47 | “Lokomotiv” |
Doniyor Jo'raev | 09.08.1997 | Himoyachi | 48 | “Metallurg” BO'OZSM |