"Metallurg" - "Navbahor". O'yinoldi yig'ilish bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2018, 16:55
Xabaringiz bor, 4 mart kuni “Navbahor” Superliganing dastlabki turida Bekobod shahrida “Metallurg” klubi mehmoni bo'ladi.

Bu yilgi chempionatdan e'tiboran o'yinlar oldidan har ikki klub vakillari o'rtasida o'zaro yig'ilish tashkil etilib, unda tashkiliy masalalar muhokama qilinmoqda. Aynan shu maqsadda bugun PFL majlislar zalida “Metallurg” va “Navbahor” rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda jamoalarning uchrashuvni qanday liboslarda o'tkazishlariga oydinlik kiritildi. 

4 mart kuni soat 15.30da “Metallurg” o'yingohida boshlanadigan uchrashuvda “Metallurg” jamoasi ko'k rangli, “Navbahor” esa oq rangli sport formalarida maydonga tushadigan bo'lishdi. Mezbon jamoa darvozabonining libosi yashil, "Navbahor" posboni esa qora rangli liboslarda harakat qilishadi. 

Yig'ilishda uchrashuv komissari Roman Chernikov va nazoratchi hakam Baxtiyor Namozovlar o'yindan oldin va uchrashuv paytida qanday jihatlarga e'tibor qaratish lozimligi va bu yildan amalda tadbiq etiladigan yangiliklar xususida ma'lumot berishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати