Mesut Ozil: "Irlandiya terma jamoasi o'yinchilari tug'ma jangchilar"

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 15:08
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozil JCH-2014 saralashi doirasidagi Irlandiya terma jamoasiga qarshi o'yin oson bo'lmasligini aytib o'tdi.
Ushbu o'yin bugun, 11 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

– Irlandiya terma jamoasi a'zolari tug'ma jangchilardir, ular o'yin boshidan oxirigacha bor kuchlari bilan o'ynashadi. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatsak natija keladi. Irlandlar birinchi o'yindagi mag'lubiyat uchun bizga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rishgan, – deydi Ozil itv.com nashriga. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net