

Lionel Messi, Ivan Rakitich va Mark-Andre ter Shtegen umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazishdi. Rakitich 4 noyabrdan buyon, Messi sentyabr oyi oxiri, ter Shtegen esa bir haftadan buyon umumiy guruhda shug'ullanishmagandi.
Eslatib o'tamiz, Real – Barselona uchrashuvi 21 noyabr kuni Madridda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.



