Messi kelajakda Ronaldu bilan do'st bo'lishiga ishonmayapti

Aslanov Jasurbek
25 noya 2017, 15:24
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Oltin to'p" uchun kurashda kim yetakchi ekanligini aytdi.

"Ronaldu keyingi "Oltin to'p" uchun mening yagona raqibim emas. Bugungi kunda bu sovringa ega chiqishi mumkin bo'lgan ko'plab yaxshi futbolchilar bor. So'nggi yillarda "Oltin to'p" men va Ronalduga topshirildi, biroq ushbu sovringa Neymar, Mbappe va Suareslar da'vogarlik qilishi mumkin.

Ronaldu kelajakda do'st bo'la olishimiz haqida gapirdi? Bu amalga oshadimi, yo'qmi, bilmayman. Do'stlik birga o'tkazilgan bir qancha vaqtdan so'ng yuzaga keladi. Bizni hech qanday munosabatlar bog'lab turmaydi. Muloqot qilamiz va faqat sovrin topshirish marosimlarida uchrashamiz. Maydondan tashqarida juda kam holatlarda to'qnash kelamiz" - deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport