Messi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
28 may 2016, 11:16
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Gondurasga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

Messi raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketgandan so'ng, belida og'riq his qildi va o'yinning 64-daqiqasida almashtirildi. Ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli futbolchi jiddiy jarohat olmadi, ammo u Amerika Kubogining birinchi bahsida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Argentina terma jamoasi Amerika Kubogidagi birinchi bahsini Chiliga qarshi (6 iyun) o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal