Messi jarima ustalari reytingida Ronalduga yaqinlashib oldi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2019, 14:30
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Selta"ga qarshi LaLiganing 13-tur o'yinida (4:1) xet-trik qayd etdi.

Messining barcha gollari jarima zarbasidan urildi (1tasi penalti). Shunday qilib, argentinalik forvard jarima zarbasidan gol urish bo'yicha 8-o'ringa chiqib, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga yaqinlashib oldi. Ayni damda Messining standartlardan (penaltilar hisobga olinmagan) urgan gollari soni 52taga etdi, Ronalduda esa 54ta.

Jarima zarbalaridan gol urish bo'yicha jadvalda "Lion" sobiq yarim himoyachisi Junino Pernambukano yetakchilik qilmoqda.

Jarima zarbasidan gol urish bo'yicha yetakchilar
FutbolchiGollari soni
Junino Pernambukano76
Ronaldinyo66
Devid Bekxem65
Diego Maradona
62
Ronald Kuman60
Rojerio Seni56
Krishtianu Ronaldu54
Lionel Messi52
Sinisha Mixaylovich50
Andrea Pirlo43
Roberto Karlos33

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net