Messi ishtirokidagi o'yinga chiptalar 10 daqiqa ichida sotilib ketdi

Aziz Tukhtamuradov
4 avg 2023, 09:32
"Inter Mayami" Messi kelganidan so'ng ilk bor safar o'yinini o'tkazadi.

Ligalar kubogining 1/8 finali doirasida jamoa safarla "Dallas"ga qarshi o'ynaydi. Ushbu o'yin uchun chiptalar 10 daqiqa ichida sotildi. 

Katta ehtimol bilan Messining ishtiroki sabab o'yinga qiziqish shu darajada ortib ketgan. 

Eng arzon chipta 299 dollardan sotilgan. 

Dallasdagi stadion 20 000 atrofida muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com