Messi Inestani ortda qoldirdi, oldinda faqat Xavi bor

Eldor Akmurzayev
17 apr 2019
YCHLning chorak final Barselona va MYU o'rtasidagi javob bahsini kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi asosiy tarkibda boshladi.

Mazkur bahs argentinalik futbolchi uchun musobaqadagi 133-si bo'ldi va u bu borada 132ta o'yin o'tkazgan klubning sobiq a'zosi Andres Inestadan o'tib ketdi. YCHLda ko'k-anorranglilar safida eng ko'p uchrashuvni esa Xavi o'tkazgan. Uning hisobida 157ta o'yin mavjud. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona