Messi - Inestaga: Fenomen, seni sog'inamiz

28 apr 2018, 09:10
“Barselona” a'zosi Lionel Messi kataloniyaliklar safini tark etadigan jamoadoshi Andres Inesta borasida fikr bildirdi.

“Andres, hammasi uchun senga rahmat. Sen bilan yonma-yon futbol o'ynash, unutilmas lahzalarni birga o'tkazish maroqli bo'ldi. Hayoting va faoliyatingni yangi bosqichida eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Maydonda ham, uning tashqarisidan ham fenomen eding. Sensiz zerikamiz”, - deb yozadi Messi Instagram sahifasida

O'xshash yangiliklar


Manba: Месси Инстаграм саҳифаси