Messi: “Gvardiolaning kelganidan juda ham xursandman”

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2014
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi, sobiq murabbiyi Pep Gvardiola bilan uchrashganidan xursandligini bildirdi.
Myunxenning “Bavariya” bosh murabbiyi mundial guruh bosqichi 3-tur uchrashuvi Argentina va Nigeriya o'yiniga tashrif buyurdi. Mutaxassis o'zining sobiq yetakchi shogirdlaridan biri, 4 yil davomida “Barcelona”da katta yutuqlarni birga qo'lga kiritgan Lionel Messi bilan uchrashdi.

“Men uni Braziliyaga kelishi haqida hech narsa bilmasdim. Bu haqida Gvardiola bilan gaplashmagandim, ammo u meni ko'rgani kelganidan juda ham xursandman” – deydi Messi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com