Messi faoliyatidagi 500-golni "Real" darvozasiga urmoqchi

Aslanov Jasurbek
31 mar 2016, 12:17
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real"ga qarshi bahsda yana bir shaxsiy muvaffaqiyatini nishonlamoqchi.

Argentina terma jamoasi futbolchisi professional faoliyati davomida 499 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U Kataloniya klubining azaliy raqibiga qarshi uchrashuvda o'zining 500-golini urishi mumkin.

"Real"ga qarshi bahsda 500-golimni ursam yaxshi bo'lar edi. Ammo jamoamizning g'alabasi shaxsiy yutuqdan yaxshiroq" - deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo