Messi dam olgani uchun 25 million dollar oladi

Omonjon To`xtamirzayev
19 iyun 2023, 17:59
Saudiya Arabistoni baribir Lionel Messini qo'yib yubormayapti.

Argentinalik futbolchi Saudiya Arabistoni turizm vazirligi bilan mamlakat imidjini yaxshilash bo'yicha shartnoma imzoladi.

Messi bu kelishuvga ko'ra, 3 yilda 25 mln dollar ishlab olishi mumkin. Buning uchun Leo mamlakatni o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida reklama qilishi kerak va butun oilasi bilan Saudiya Arabistonida barcha xarajatlari to'langan tatillarni o'tkazishi talab qilinadi.

Bu jarayonda Messi o'z sahifalarida mamlakatda dam olayotgani aks etgan suratlarni sahifalariga yuklashi ham kerak bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: nytimes.com