Messi Argentina terma jamoasiga qaytadi

Narzulla Saydullayev
5 avg 2016, 08:15
Barselona hujumchisi Lionel Messi keyingi haftada Kataloniyada Argentina terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Edgardo Bausa bilan uchrashadi.

29 yoshli futbolchi terma jamoaga qaytishi haqida e'lon qilishi kutilmoqda. Agar shunday bo'lsa, Messi 30 avgust kuni JCH-2018 saralashi doirasidagi Urugvayga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.

Hujumchi Amerika Kubogi-2016 finalida Chilidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:0, 2:4 penaltilar seriyasi.) termadan ketishini e'lon qilgandi.

Oldinroq Messi uchta finalda yutqazgandi: Amerika kubogi (2007, 2015) va JCH-2014.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ole.com.ar