

Kataloniya klubi joriy yildagi so'nggi o'yinida "Selta"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Opta nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Messi 2018 yilda "Barselona"ning 47,6% gollarida ishtirok etgan. Shunday qilib, argentinalik forvard joriy yil ko'k-anorranglilar safida 47ta gol urib, 23ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi. "Barselona" 2018 yilda raqib jamoalar darvozasini 147 marta ishg'ol qildi.



