"Men Andre Onanaga to'la ishonch bildiraman" - Amorim

Sherzod Nurmatov
11 apr 2025
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa darvozabonini qo'llab-quvvatladi.

Mankunianliklarning portugaliyalik murabbiyi Andre Onana "Lion"ga qarshi (2:2) Yevropa Ligasi chorak finalining birinchi o'yinida ikki marta xato qilgan 29 yoshli kamerunlik futbolchiga qanday yordam bera olishini bilmasligi, ammo unga ishonishda davom etayotganini ta'kidladi.

"Hozirgi vaziyatda Andrega yordam beradigan biror narsani aytolmayman. Ayni paytda eng muhimi – o'zini tabiiy tutish. Vaqti kelganda o'yin uchun eng yaxshi tarkibni tanlayman. Biroq men Andrega to'la ishonch bildiraman", – dedi Amorim.

"Manchester Yunayted" va "Lion" Yevropa Ligasi chorak finalining javob uchrashuvini 18 aprelga o'tar kechasi Manchestyerda o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC