"Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi Memfis Depayning fikricha, uning kuchli tomoni jarima zarbalari.
"Mening qurolim - standartlar. Barcha Krishtianu Ronalduning jarima zarbalaridan hayratlanadi. Men uning texnikasini uzoq vaqt o'rgandim, ammo o'z uslubimda zarba berishni istayman. Kimgadir o'xshashni xohlamayman" - deydi Depay.