

"Estadio de la Seramika" stadionida kechgan bahs taqdirini Kilian Mbappening gollari hal qildi. Uchrashuvning 47-daqiqasida Vinisius Juniorning yurishi va raqib himoyachisidan qaytgan to'pdan so'ng fransiyalik yulduz hisobni ochdi. O'yin yakunida, 92-daqiqada Mbappe penalti ishladi va 94-daqiqada uni o'zi aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o'rnatdi.
Ushbu g'alabadan so'ng "qirollik klubi" turnir jadvalida peshqadamlik uchun kurashni davom ettirmoqda.



