Mbappe va Verratti “Atalanta”ga qarshi o'ynaydimi? Tuxel javob berdi

12 avg 2020, 07:28
PSJ ustozi jamoa yetakchilarining YCHL 1/4 finali doirasida “Atalanta”ga qarshi o'yindagi ishtiroki haqida ma'lumot berdi.

“Kilian haqida shunday deyishim mumkin. Agar mashg'ulotlar keragidek o'tsa va hech narsa sodir bo'lmasa, Mbappe qaydnomada bo'ladi. Verratti haqida gapiradigan bo'lsak, bu yerda sabrliroq bo'lishimiz kerak. U o'tgan hafta umuman yugura olmayotgan edi. Kecha esa mashg'ulotlarni boshladi. Marko jarohatni mashg'ulotlar vaqtida olgandi va bu baxtsiz hodisa edi. Endi u sekin-asta sport formasini tiklashi mumkin”, - deydi Tuxel.

Eslatib o'tamiz, PSJ-“Atalanta” bellashuvi bugun 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA