

Kecha France Football nashri “Oltin to'p” sovriniga da'vogar 30 nafar futbolchining ism-sharifini e'lon qilgandi. Ushbu ro'yxatdan joy olgan Kilian ayni paytda 18 yoshu 9 oylik.
Shu tariqa, fransiyalik futbolchi eng yosh da'vogar sifatida etirof etildi. Shu kungacha bu nom angliyalik Maykl Ouenda edi. Joriy mavsumda Mbappe PSJ libosida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga va shuncha golga hammualliflik qilishga muvaffaq bo'lgandi.




