Mbappe ketsa, "Monako" "Milan" hujumchisini sotib oladi
Tolibjon Qosimov
10 avg 2017
"Monako" yaqin orada klubni tark etishi mumkin bo'lgan hujumchi Kilian Mbappe o'rniga futbolchi qidirmoqda.
Buni "Football Italia" tasdiqladi. Manbaning ma'lum qilishicha, monegasklar "Milan" forvardi Karlos Bakkani nishonga olishgan. "Monako" hujumchi uchun "Marsel" bilan kurashishi kerak bo'ladi.