Maunt: "Maqsadimiz - katta sovrinlarni yutish"

Mirjalol Normatov
5 dek 2020, 00:35
"Chelsi" xavbeki Meyson Maunt ushbu mavsumdagi vazifalar haqida gapirdi.

"Biz sovrinlar yutishni, ligada yetakchi bo'lishni istaymiz. Jamoamiz ajoyib, barchamiz sovrin qo'lga kiritish yo'lida bir yoqadan bosh chiqarganmiz.

Biz rivojlanishda, yanada yaxshi va yaxshi bo'lishda davom etishimiz kerak. Ushbu darajani saqlab qolsak, barcha turnirlarda bosh sovrin uchun da'vogar bo'la olamiz", - dedi Maunt.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal