Mattias Zammer: "Bavariya"ga bu sovrin juda kerak edi"

Tolibjon Qosimov
31 avg 2013, 16:30
"Bavariya" sport direktori Mattias Zammer Yevropa Superkubogi uchun o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
– Bu sovrin biz uchun juda muhim, – deydi Zammer "Bavariya" klubi rasmiy saytiga. – Germaniya Superkubogidagi mag'lubiyatdan so'ng bugun yutishimiz shart edi. Ha, "Bavariya" hali o'zining eng yuqori formasiga kirmadi, ammo shunga yaqin. Yevropa Superkubogidagi g'alaba bilan faqat Gvardolani emas, Xaynkesni ham tabriklamoqchiman. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru