Matteus: "Bavariya" "Borussiya"ga Gvardiola sabab mag'lub bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2015, 18:25
"Bavariya" sobiq futbolchisi Lotar Matteus jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani tanqid qildi.

"Gap omadsizlikda emas. O'zim ham Gvardiolaga yuqori baho beraman. Ammo bu safar Xosep adashdi. Nega Rafinya chap qanotda o'ynadi, Lam esa "Portu" bilan o'yindagi joyida harakat qilmadi. Alonso bo'lsa nega oltinchi raqam joyida o'ynamadi? Bernat, Benatia va Myuller nega odatiy poziciyada harakat qilmadi? Agar barcha futbolchilar o'z joyida o'ynaganida, "Bavariya" g'alaba qozongan bo'lar edi" - deydi Matteus.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com