Matich jamoasini o'zgartirishi mumkin. Muzokaralar davom etmoqda

Mirjalol Normatov
13 okt 2019, 16:43
Yarim himoyachi Nemanya Matich qishda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.

31 yoshli futbolchining xizmatlariga "Inter" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Milanliklarning bosh murabbiyi Antonio Konte o'z vaqtida Matich bilan "Chelsi"da birga ishlagan. Ayni damda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Matichning shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi, uni bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.

Oldinroq "Inter" "Yunayted"dan Romelu Lukaku to'liqligicha transfer qilingan bo'lsa, Aleksis Sanches ijaraga olingan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal