Mata: "APLda chempion bo'lishni istayman"

Mirjalol Normatov
23 mar 2020, 21:24
"Manchester Yunayted" futbolchisi Xuan Mata APL chempioni bo'lishni istaydi.

"Chempion bo'lishni istayman. Albatta, faoliyatimni yakunlagunimga qadar bunga erishaman.

De Xea bu erga kelganidagi ilk mavsumida bir ochko tufayli chempion bo'la olmaganligini aytdi. Ikkinchi mavsumda esa chempionlik qo'lga kiritilgan. Bu ajoyib bo'lishini, butun shahar qizilga burkanishini aytib berdi. Bunday vaziyatni ko'rish uchun borimni beraman.

Balki 50 yoshgacha futbol o'ynarman, agarda chempion bo'la olmasam ham, buni normal holat sifatida qabul qilaman. Ha, sovrinlarga o'ch emasman, biroq bu zarar qilmaydi.

Oldingdagi sovrinlardan birini tanlashim kerak bo'lsa, albatta Premer-ligani tanlayman", - dedi Mata.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal