"Mashal": Jamoamiz qisqa tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2016
Oliy ligada "Lokomotiv"ga qarshi bahs qoldirilgach "Mashal" ikkita nazorat bahsida "Paxtakor" va "Olmaliq" jamoalariga qarshi bahsda maydonga tushganidan xabador qilgandik.

"Paxtakor" 3:0 hisobida mag'lub etildi, "Olmaliq" bilan bahsda esa 2:2 durang natija qayd etildi.

Ushbu nazorat uchrashuvlaridan keyin "Mashal" bugun qisqa tatilga chiqdi. Endi jamoa 4 sentyabr kuni Yangiyerdagi bazada yig'iladi va oliy liga doirasida 22-turda  Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuvga tayorgarlik ko'radi.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" va "Mashal" jamoalari o'rtasidgi bo'ladigan bahs 9 sentyabr kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz