Mashal-2 Sherdorni kichik hisobda mag'lub etdi

4 may 2014, 19:36
Bugun O'zbekiston Birinchiligi bahslarining 8-turi yakunlandi.
Muborakda o'tgan "Mashal-2" - "Sherdor" uchrashuvida muborakliklar kichik 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Uchrashuvni mehmonlar hujumkor boshlashdi. Ketma-ket hujumlar himoyadagi ishonchli o'yin orqali bartaraf etildi. 15 daqiqada Sherzod Kamolovning jarima maydoni tashqarisidan bergan kuchli zarbasini Rahim Davronov qaytarishga erishdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limda esa to'la ustunlik "Mashal-2" tarfiga o'tdi. Humoyun Mutozoev va Shohjahon Abbosovlar birga bir vaziyatdan foydalana olmagan bo'lsa, Asliddin Abdiev to'pni darvoza oldida aniq yo'llay olmadi.  Faqatgina 55 daqiqaga kelib Humoyun Murtozaev chap oyog'ida darvozaning pastgi burchagini aniq nishonga ola bildi.

Ushbu uchrashuvda g'alaba qozongan "Mashal-2" turnir jadvalini o'z o'rini biroz bo'lsa ham yaxshilab, xavfli o'rinda yiroqlashdi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal-2" navbatdagi uchrashuvni 7-may kuni yana o'z maydonida "G'allakor" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'zbekiston Birinchiligi, birinchi bosqich
G'arb mintaqasi, 7-tur uchrashuvi
4 may, yakshanba
 Mashal-2 (Muborak) – Sherdor (Samarqand) 1:0
Hakamlar:
A. Ergashev (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro), SH. Rahmatov (Buxoro)
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
Gol: Humoyun Murtazoev 55
Ogohlantirish: A'zamjon Abdurafiqov (80)

"Mashal-2": Rahim Davronov, Fozilbek Dehqonov, Shohjahon Qilichev, Tursunmurod Hamdamov, Jafar Ismoilov, Humoyun Murtozaev (Mirjalol Qosimov 90 ), Sirojiddin Gulyamov, Shamsiddin Sadullaev (Sardor Abduraimov 55), Asliddin Abdiev (Shohjahon Abbosov 58), Bobur To'raev, Muni Mirmuhsin Yusupov (Bekzod Rahmonov 46)
Zaxira: Husan Olimjonov, Oybek Jo'raev,  Eldor Xolmirzaev

"Sherdor": Shuhrat Murodov, Baxtiyor Ochilov, Sanjar Akramov, Temur Dadashev (Hamdam Rahmonov 77), Sherzod Kamolov, Ubaydullo Nabiev, Amirjon Aminjonov (Muhammad Murodov 74), Bobosher Boboohunov (A'zamjon Abdurafiqov 46), Ozod Tursunov, Turg'un Qobilov, Anvar Nosirov (Islom Saparov 56)

Manba: fcmashal.uz