Marsyal uchun yana bir davogar paydo bo'ldi

Sherzod Nurmatov
21 dek 2021
"Manchester Yunayted" hujumchisi yanvarda klubini o'zgartirishga tayyor.

Xabarga ko'ra, Antoni Marsyal "Sevilya"da to'p tepishga qiziqmoqda.

Qayd etilishicha, “Barselona” va “Yuventus” ham Marsyani qo'lga kiritishni istamoqda. Ammo futbolchi aynan "Sevilya"da ko'proq o'yin vaqtini oladi degan taxmin bor. Har uchala klub ham Antonini ijaraga olishga tayyor.

Marsyal 2015 yildan beri "Manchester Yunayted"da o'ynamoqda. Fransiyalik futbolchining “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports