Marsyal MYUda qolmoqchi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018, 18:14
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganiga qaramay jamoada qolishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik futbolchi "qizil iblislar" safini tark etmoqchi emas. Klubdagilar futbolchi bilan yangi 5 yillik bitim imzolashga tayyor. Marsyalga PSJ, "Yuventus" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda, ammo forvard uchchala grand taklifini ham rad etmoqchi.

Marsyal va MYU o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi. Kelishuvda shartnomani yana 2 yilga cho'zish bandi mavjud.

Yozda fransiyalik hamda "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyu o'rtasida kelishmovchilik bo'lgani, klub uni sotishga tayyorligi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN