Marselo Koelo : "Shogirdlarim bilan faxrlanaman"

Narzulla Saydullayev
11 fev 2016, 21:01
Osiyo chempionati 1-turidan o'rin olgan Avstraliya - Malayziya uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Malayziya bosh murabbiyi Marselo Koelo ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik va hisobni ochishga muvaffaq bo'ldik. Ikkinchi golni urishimiz kerak edi. Imkoniyatlarimiz ko'p bo'ldi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Avstraliya esa ikkinchi bo'limda ikkita gol urdi va g'alaba qozondi", - deydi Marselo Koelo.


- Avstraliya terma jamoasi qo'polroq o'ynagandek tuyuldi.

- Men bu holatda yomon narsani ko'rmayapman. Hakamlarga etiroz bildirish, asabiylashish har bir o'yinda bo'ladi. Bu oddiy holat. Avstraliyaga hech qanday etrozim yo'q. Avstraliya terma jamoasi g'alaba qozonishga intildi. Menimcha bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi.


- Malayziya futzali haqida qanday ma'lumot bera olasiz?

- Bugungi o'yinda shogirdlarimning harakatlaridan faxrlanaman. Keyingi o'yinda Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz. Bu o'yinda ham Malayziya futzalini qanday ekanini namoyish etmoqchimiz.


Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia