Marko Stanoevich: "O'zbekiston Kubogini yutishni istaymiz"

Mirjalol Normatov
3 sen 2022
Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/4 final bosqichi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" futbolchisi Marko Stanoevich o'z fikrlarini bildirdi.

- O'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. Birinchi bo'limda bu ko'proq o'xshadi. Ikkinchi bo'limda esa hisobni ushlashga va keyingi bosqichga chiqish uchun o'ynadik.

- Yarim finalda qaysi jamoa bilan o'ynashni istaysiz?

- Hozircha buni o'ylamayapman. Asosiysi - o'z o'yinimizni ko'rsatish, raqibdan ustunlik qilgan holda g'alabaga erishish. Turnirda g'olib bo'lishni istaymiz. Shu sababli istalgan raqibni mag'lub etishga tayyor bo'lishimiz kerak.

- Ro'ziqul Berdievning maydon chetida bo'lmagani jamoaga qanchalik ta’sir qildi?

- Biz bir jamoamamiz. Albatta, uning yo'qligi bilindi. Biroq bu bizning qaror emas. Assotsiatsiyadagilar qarorni chiqaradi. Shu sababli biz barcha o'z ishiga tezroq qaytishini istaymiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia