

"Borussiya Dortmund" klubi sobiq futbolchisi Marko Roys AQSHga yo'l oladi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.
Roys tez orada "Los Anjeles Gelaksi" klubi futbolchisiga aylanadi. Hozirda hal qilinishi kerak bo'lgan bir necha kichik masalalar bor. Shundan so'ng, Roys "Los Anjeles Gelaksi" safiga qo'shiladi.
Ma'lumot uchun, Roys o'tgan masum Bundesligada 26 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 6 ta assist qayd etgandi.



