Markizio: "Rossiyalik haydovchilardan qo'rqaman"

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2019, 18:45
"Zenit" yarim himoyachisi Klaudio Markizio Rossiyada ko'proq nimani yoqtirmasligini aytib berdi.

"Jamoamizda kuchli futbolchilar yig'ilgan, aka-ukadek bo'lib ketganmiz. Jamoadan tashqarini gapiradigan bo'lsam, men ruschani bilmayman, hech kim bilan yaqindan tanishganim yo'q. Ammo menga bo'lgan munosabat juda yaxshi. Haydovchilaringizdan qo'rqaman, ayniqsa bolalar bilan bo'lsam! Goh o'ngga, goh chapga o'tishadi, burilishlarda boshim aylanib ketadi" - deydi Markizio.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт день за днём