Mario Yepes: "Kolumbiya Gretsiya bilan o'yinga tayyor"

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2014, 16:54
Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Mario Yepes Gretsiya bilan o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Jahon chempionatidek turnirda nima bo'lishni oldindan taxmin qilish qiyin. Ammo har doim maqsad bo'ladi. Futbol sir va topishmoqlarga to'la” – deb hisoblaydi kolumbiyalik futbolchi.

“Bizda Gretsiya terma jamoasi haqida etarli ma'lumot bor, ammo raqiblarimiz ham bizning o'yinimiz bilan tanish. Guruh bosqichidagi o'yinlar odatdagidek qiyin bo'ladi” – deydi Mario Yepes o'yin oldi matbuot anjumanida.

Gretsiya va Kolumbiya o'rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.ua