Marca: Ektor Kuper Ueska murabbiyi bo'lishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
1 okt 2018
Ispaniyaning birinchi raqamli nashrlaridan biri Marka tomonidan tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Ueska jamoasi bosh murabbiyi Leo Franko o'rnini tez kunda Ektor Kuper egallaydi.

Yaqindagina O'zbekiston MTJ bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan argentinalik mutaxassis 20ta jamoa orasida 19-o'rinda borayotgan klubda qutqaruvchi vazifasini o'tashi kerak. Ispan manbasi Kuperni Valensiyada faoliyat olib borgani va Misr bilan JCHda ishtirok etganini tilga olgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca