Maradonaning yangi klubida qancha ishlab topishi ma'lum bo'ldi

14 sen 2018, 08:15
Diego Maradona Meksikaning “Dorados de Sinaloa” klubida $ 1,98 mln dollar (€ 1,7 mln evro) ishlab topadi.

U bu pullarga 11 oyda ega bo'lishi takidlangan. 57 yoshli argentinalikning klub bilan tuzgan shartnomasida shunday band bor: agar jamoa Meksika 2-divizionidan 1-divizionga chiqadigan bo'lsa, shartnoma uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Maradona Meksika klubi bosh murabbiyligi bilan bir qatorda ayni damda Brestning “Dinamo” klubi boshqaruvi raisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com