Maradona: “Oltin to'p”ni Ronaldu qo'lga kiritishi kerak”
Tolibjon Qosimov
17 dek 2013, 11:21
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradona, “Oltin to'p” uning vatandoshi Lionel Messiga emas, balki madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga berilishi kerakligini aytdi.
“Ronaldu g'olib chiqishi kerak. Messi jarohati tufayli juda ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordi”, - deya ta'kidladi Maradona.