Maradona: "Murabbiy sifatida Mourinyo Gvardioladan ustun"
Aslanov Jasurbek
11 may 2015, 14:46
Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona "Chelsi" va "Bavariya" bosh murabbiylari Joze Mourinyo va Xosep Gvardiolaga baho berdi.
"Mourinyo kuchliroq deb o'ylayman. Gvardiola juda kuchli murabbiy bo'lishi uchun unga Mourinyodan ko'proq vaqt kerak bo'ladi deb o'ylayman. Joze men uchun jahondagi birinchi raqamli mutaxassis hisoblanadi" - deydi Maradona.