Mane: "Liverpul"ga o'tish - faoliyatimdagi eng yaxshi qaror"

Tolibjon Qosimov
23 noya 2018, 11:21
"Liverpul" forvardi Sadio Mane klub bilan shartnomasini uzaytirganidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Sadio Mane “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzoladi

"Liverpul" bilan shartnomamni uzaytirganimdan juda ham xursandman. Bu men uchun o'zgacha voqelik. Klubga sovrinlar yutishda yordam bermoqchiman. Har doim aytganman, bu erga o'tishga rozilik berishdan avval ikki marta o'ylab o'tirmaganman. Men uchun "Liverpul" munosib murabbiyga ega eng yaxshi jamoa, bu erga kerakli pallada o'tganman. "Liverpul"ga o'tish - mening faoliyatimdagi eng yaxshi qaror", - deya Manening so'zlarini keltirdi klub matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: liverpoolfc.com